JSST rahbari hayotiga tahdid bo‘lganini ma’lum qildi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tashkilotining COVID-19 pandemiyasiga qarshi faoliyati sababli tahdidga uchraganini ma’lum qildi.

“Men 3 oydan beri menga nisbatan davom etayotgan hujumlar haqida aytishim mumkin. Menga nisbatan keskin yoki irqiy izohlar... hattoki, hayotimga tahdidlar bo‘lmoqda. Menga baribir. Bu shaxsiydir, hattoki hayotimga tahdid bo‘lganda ham menga baribir, men hattoki ularga javob bermayman. Ammo hamjamiyat haqorat qilinsa, bunga chidab bo‘lmaydi”, dedi Gebreyesus AQSH Prezidenti Donald Trampning JSSTning koronavirusga qarshi faoliyatini tanqid qilganiga javoban.

JSST bosh direktori Vashington tomonidan bildirilayotgan tanqidlar haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.

“Bu shart deb o‘ylamayman. Biz vaqtimizni behuda ketkazib, bir-birimizni barmoq bilan ko‘rsatmasligimiz kerak. Biz birlashishimiz zarur. Agar birdamlikni ta’minlay olmasak, unda bizni yanada yomonroq vaziyat kutmoqda”, dedi Gebreyesus JSST siyosat bilan shug‘ullanmasligini qo‘shimcha qilib.

Eslatib o‘tamiz, JSST koronavirus infeksiyasining tarqalishini 11 mart kuni pandemiya deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus Tedros Adxanom Gebreyesus

Baholaganlar

327

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing