JSST olimi pandemiya yakuni bo‘yicha xavotirli bayonot berdi

Olam

image

COVID-19 pandemiyasi dunyoda tugashiga hali ancha vaqt bor, chunki koronavirusning yangi variantlari paydo bo‘ladi. Bu haqda kecha, 11 fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh olimi Soumya Svaminatan Janubiy Afrika Respublikasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

“Biz koronavirus qanday rivojlanishini va qanday mutatsiyaga uchraganini ko‘rdik. Biz bilamizki, COVID-19 ning yangi, ko‘plab variantlari xavotirga sabab bo‘ladigan yangi turlari paydo bo‘ladi. Biz haliga pandemiyaning oxiriga yetganimiz yo‘q”, deydi JSST vakili.

Svaminatan kecha Janubiy Afrikaning Keyptaun shahridagi mahalliy Afrigen Biologics kompaniyasining laboratoriyasiga tashrif buyurgan JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasining tarkibiga kirgan.

U Afrikada birinchi bo‘lib Moderna kompaniyasining ommaga ochiq bo‘lgan tegishli texnologiyasidan foydalangan holda so‘nggi RNK (mRNA) texnologiyasiga asoslangan koronavirus vaksinasini yaratdi. Joriy yil oxirida yangi vaksinaning klinik sinovlari boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST pandemiya

Baholaganlar

682

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing