JSST ogohlantirish bilan chiqdi
Salomatlik
−
22 iyun 2023
14870Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023-2024 yillarda virusli tropik kasalliklar avj olishidan ogohlantirdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, denge va chikungunya isitmalari hamda Zika virusi bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kutilmoqda. Bu xastaliklarning barchasi odamlarga chivinlar chaqishi orqali yuqishi kuzatiladi.
“So‘nggi o‘n yillikda dunyo bo‘ylab denge isitmasiga chalinish holatlari keskin oshdi. Ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerikada o‘tgan yili 2,8 million holat qayd etilgan va bemorlardan 1280 nafari hayotdan ko‘z yumgan”, deydi Gebreyesus.
JSST tahlilida keltirilishicha, 2016 yili El-Nino bilan bog‘liq tabiiy ofatlar 30 ta mamlakatda 60 millionga yaqin insonga ziyon yetkazgan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi