JSST Lukashenkoning kutilmagan qaroridan xavotirda

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning koronavirus xavfiga qaramay mamlakatda 9 may kuni harbiy parad o‘tkazilishi haqidagi qaroridan xavotirda. Bu haqda JSSTning Belarusdagi vakili Batir Berdiqilichev ma’lum qildi.

“Ushbu tadbirda keksa odamlarning ishtirok etishi mumkinligi tashvish uyg‘otadi. Ular orasida kasallikning o‘lim darajasi yuqori “, deydi Batir Berdiqilichev.

Rasmiyning ta’kidlashicha, JSST ekspertlar missiyasining aprel oyida Belorusga tashrifidan so‘ng bergan tavsiyalaridan biri ijtimoiy masofani saqlash choralarini kuchaytirish edi. Xususan, ommaviy sport, madaniy, siyosiy va diniy tadbirlarni keyinga qoldirish yoki bekor qilish tavsiya etilgan.

“1,5-2 metr masofani ta’minlash mumkin bo‘lmagan tadbirlar virusni tez tarqalish xavfini oshiradi va epidemiyaning yanada avj olishiga olib keladi“, deydi Berdiqilichev.

Shu bilan birga, u JSST tavsiyalarini bajarish to‘g‘risidagi qaror hukumatning vakolati ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 may kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon bilan onlayn-suhbat chog‘ida Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuniga bag‘ishlangan biron-bir tadbirni bekor qilish mumkin emasligini aytdi. Shu bilan birga, u ushbu paradda qatnashish ixtiyoriy ekanini ta’kidlab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Aleksandr Lukashenko Parad

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing