JSST koronavirusga qarshi qancha mablag‘ sarflashini ma’lum qildi
Olam
−
05 fevral 2020
6685Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqin uch oy ichida yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 61,5 million dollar sarflaydi. Bu raqam JSSTning Jenevada bo‘lib o‘tgan Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ushbu mablag‘ning 4,5 million dollari tadqiqot va innovatsiyalar uchun kerak bo‘ladi. Mamlakatlarning epidemiyaga tayyorligini baholash uchun o‘n baravar ko‘proq - 45 million dollar sarflanadi. Yana 12 million dollar virus tarqalishiga qarshi kurashish uchun xalqaro muvofiqlashtirishga sarflash rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, koronavirusning tarqalishi birinchi marta 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. Umuman olganda, dunyoda 20 mingdan ortiq infeksiya yuqtirganlar aniqlangan. 427 kishi ushbu virusning qurboniga aylandi, 727 nafari to‘liq davolandi. Xitoydan tashqari, kasallik holati 20 dan ortiq mamlakatda qayd etildi.
Avvalroq, Xitoyning Uxan shahridan kelgan maxsus charter reys Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngani, samolyotda 84 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari borligi haqida xabar bergan edik.
Undan oldin, Xitoyning Pekin shahridan ham 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingani, ularda koronavirus aniqlanmagani ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi