JSST koronavirus va grippning farqlarini aytdi
Salomatlik
−
12 noyabr 2020
9804Yangi koronavirusning grippdan asosiy farqlari bu ta’m va hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi hamda nafas qisishi hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar bergan.
JSST gripp va yangi koronavirus infeksiyasida o‘xshash belgilar mavjudligini ham aytgan.
"Masalan, yo‘tal, tumov, tomoq og‘rig‘i, isitma, charchoq kabilar grippda ham, koronavirusda ham kuzatiladi. Biroq, SOVID-19da ta’m va hid sezish qobiliyati yo‘qolishi, nafas qisishi kabi qo‘shimcha alomatlar bo‘lishi mumkin", deyilgan JSST ma’lumotida.
Shuningdek, tashkilot nafas qisishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘krak qafasidagi doimiy og‘riq, isitmaning 38 darajadan yuqori bo‘lishi kabi belgilar koronavirusning og‘ir turidan dalolat ekanligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 52 milliondan oshgan. 36 milliondan ko‘p bemor sog‘ayib ketgan. 1,2 million odam virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi