JSST koronavirus pandemiyasini bekor qildi (yakuniy raqamlar)
Olam
−
05 may 2023
7596Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 global pandemiya holatini bekor qildi. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus bugun, 5 may kuni brifingda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, JSSTning COVID-19'ga oid Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ekspert qo‘mitasi xalqaro ahamiyatga molik koronavirus holatini bekor qilishni taklif qilgan.
“Men bu maslahatga amal qildim va pandemiya tugaganini e’lon qildim”, deydi u.
Tashkilot rahbarining ta’kidlashicha, pandemiya boshlanganidan beri kasallikdan rasman yetti millionga yaqin odam vafot etgan. Koronavirusga chalinib, sog‘ayganlar soni 687 million kishidan ziyodni tashkil qilgan.
“Haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori. Gap kamida yigirma milliondan ziyod o‘lganlar haqida ketmoqda”, dedi Tedros.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga xabar bergandi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi – yangi koronavirusni aniqlashgan. 2020 yil mart oyida JSST COVID-19 epidemiyasini pandemiya sifatida e’lon qilgandi.
LiveBarchasi