JSST koronavirus kelib chiqishining eng yuqori ehtimolli versiyasini ma’lum qildi

Olam

image

Koronavirus dastlab Xitoy janubida va Janubi-Sharqiy Osiyoda ko‘rshapalaklardan tarqala boshlagan bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarligidagi xalqaro ekspertlar guruhi vakili Piter Daszak shunday fikrni bildirdi.

Unga ko‘ra, eng katta e’tiborni virusning odamga yuqish yo‘liga qaratish kerak. Daszak “The New York Times”ga bergan intervyusida aytishicha, virus ko‘rshapalaklardan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan fermaga tushgan. U yerda virus odamga yoki u yerda boqilayotgan jonivorlar – bo‘rsiq, sassiqkuzan, yenotsimon it va sivetaga yuqqan bo‘lishi mumkin. Virus Uxan bozoriga yetib kelgach, tarqalishning keyingi davrini boshlagan.

Materialda JSST mutaxassislari Xitoydgi maxfiylik siyosati tufayli bu’zi bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarni ololmagani qayd etilgan. Bundan tashqari, COVID-19 ga chalingan bir qancha odamlar JSST mutaxassislari bilan uchrashishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari 14 yanvar kuni Uxanga yetib kelgan. JSST missiyasi tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.   

Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing