JSST ishonch inqirozidan xavotirda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi emlashga bo‘lgan ishonch inqirozidan xavotirda. Bu haqda JSSTning Rossiya Federatsiyasidagi vakili Melita Vuynovich aytib o‘tgan. 

“Hozir butun dunyoda, barcha mamlakatlarda ko‘rayotganimiz ishonch inqirozidir. Bu aholi va davlat o‘rtasidagi ishonch inqirozidir”, degan Vuynovich. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar koronavirusga qarshi emlash muvaffaqiyatsiz yakunlansa, bu barcha immunizatsiya dasturlariga halokatli ta’sir qiladi. 

Vuynovichning fikriga ko‘ra, ishonchga to‘rtta omil ta’sir qiladi: aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa, ma’lumot manbai, hokimiyat va atrof-muhit. 

Avvalroq, JSST Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge koronavirus pandemiyasi 2022 yilning boshida tugashi mumkinligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing