JSST ikkinchi Xitoy vaksinasini tasdiqladi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyning Sinovac koronavirus vaksinasini favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.  

“JSST COVID-19 ga qarshi Sinovac-CoronaVac vaksinasini favqulodda holatlarda foydalanish uchun ma’qulladi, u xavfsizlik, samaradorlik va ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradi”, deyilgan xabarda. 

Mustaqil ekspertlar guruhi 18 yoshdan oshgan kattalar uchun Sinovac vaksinasini qo‘llashni tavsiya qilgan. Ta’kidlanishicha, yoshning yuqori chegarasi belgilanmagan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, may oyi oxiriga qadar Xitoy va chet ellarda 600 milliondan ortiq dozada Sinovac vaksinasi mavjud bo‘lib, ulardan 430 million dozasi allaqachon qo‘llanilgan. 

Sinovac — JSST tomonidan tasdiqlangan ikkinchi Xitoy vaksinasi. Birinchi marta 7 may kuni Xitoyning koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasi tasdiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aprel oyi oxirida favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan koronavirus vaksinalari ro‘yxatiga Moderna’ni ham kiritgandi.  

Bungacha JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar ro‘yxatiga Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan Comirnaty vaksinasi, Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi vaksinasi, shuningdek, AstraZeneca va Oksford universiteti vaksinasining ikkita varianti kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing