JSST dekabrda vaksinalarni taqqoslashni boshlaydi 

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning dekabr oyida koronavirusga qarshi nomzod vaksinalar samaradorligini taqqoslashni boshlashi mumkin. Bu haqda JSST vakili Melita Vuynovich ma’lumot bergan.

"Bir oylardan keyin Solidarity Trial (koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘rganuvchi xalqaro dastur) vaksinalar samaradorligini taqqoslashni boshlashi kutilmoqda. Lekin avval vaksinalar JSSTning tekshiruvidan o‘tishi kerak", degan Vuynovich.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda COVID-19 ga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha 170 ga yaqin loyiha mavjud.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 56 milliondan oshgan. 1,3 million bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing