Joshua va Usik bilan albatta jang qilaman – Bahodir Jalolov

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov superog‘ir vazn toifasining mashhur bokschilari Aleksandr Usik va Entoni Joshua bilan hozir ham jang o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Tan olaman, Usik ham, Joshua ham mendan ko‘ra tajribali bokschi hisoblanadi, lekin hozirgi holatimda mashg‘ulot qilib tursam Joshua bilan jang qila olaman. Usik bilan ham jang qilaman. Promouterlarim menga qaysi bokschini taklif qilsa, hoziroq ringga chiqishga tayyorman. Taqdirimga yozilgan bo‘lsa, yuqorida aytib o‘tilgan bokschilarga qarshi ringga chiqaman va ularni mag‘lub etaman”, deydi Jalolov.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Bahodir Jalolov Butunjahon boks kengashi (WBC) reytingida 14-pog‘onani band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida Jalolov o‘zbek boksi nega IBA reytingida qozoq boksidan ortdaligiga ham izoh bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolov Joshua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing