Joshua g‘alaba qozonishiga umid qilgandim – Tayson Fyuri
Sport
−
30 Sentabr 2021
5390Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Tayson Fyuri ukrainalik Aleksandr Usikning Entoni Joshua ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi. “Lo‘lilar qiroli” jangda Joshuaning g‘alaba qozonishini istaganini ma’lum qildi.
“Usik o‘z vazifasini bajardi, men bilganim shu. U jangda g‘alaba qozondi va unga omad tilayman. Men jangni tomosha qildim va o‘zim uchun aytarli hech narsa sodir bo‘lmadi. Usik g‘alaba qozonganidan xafa bo‘ldim. Jangda Joshuaning g‘alaba qozonishiga umid qilgandim, lekin u mag‘lub bo‘ldi. Hayotim davomida bir narsani anglab yetdim: hech qachon birovlarning ishiga burun suqmayman. Natija menga taalluqli emas”, deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etdi va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi. Jang 12 raund davom etdi, yakunda hakamlar 116:112, 117:112, 115:113 hisobida ukrainalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi.