Joshua hali-beri faoliyatini yakunlamoqchi emas
Sport
−
05 Sentabr
2320Britaniyalik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Entoni Joshua hali faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda taniqli promouter Eddi Xirn ma’lum qildi.
“Hozirgi holatida Joshua nafaqaga chiqishdan oldin hali yetarlicha jang o‘tkazadi. Uning boksdan hozirgidek zavqlanishini hech qachon ko‘rmaganman. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Aleksandr Usikka qarshi janglardan so‘ng, Joshua yana nechta jang qildi? O‘shandan beri u allaqachon 4 ta jangda qatnashishga ulgurdi va endi aytish mumkinki, u hali bemalol yana beshta jang o‘tkaza oladi”, deydi Xirn.
Ma’lumot uchun, Joshua navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida hamyurti Daniyel Dyubuaga qarshi o‘tkazadi. Shu vaqtga qadar 34 yoshli Joshua 31 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 28 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi