Jorjiyada saylov uchastkalari vaqtincha yopildi

Olam

image

Portlashlar haqida yolg‘on tahdidlar tufayli Jorjiya shtatining Fulton okrugidagi ikkita saylov uchastkasi taxminan 30 daqiqaga yopildi. Bu haqda  Federal qidiruv byurosi (FQB) ma’lum qildi. 

Bayonotda aytilishicha, bir qancha shtatlardagi saylov uchastkalarida yolg‘on bomba tahdidlari haqida xabarlar tarqalgan. Bu xabarlarning aksariyati Rossiya elektron pochta domenlaridan yuborilgan. Birgina Jorjiya shtatida saylov kuni yigirmadan ortiq yolg‘on bomba tahdidlari kelib tushgan, ularning aksariyati Fulton okrugida bo‘lgan.

Natijada Fulton okrugidagi  ikkita saylov uchastkasi ichkarisidagi odamlar evakuatsiya qilingan. Shtat Davlat kotibi, respublikachi Bred Raffensperger saylov kuni Rossiyaning aralashuvi haqida e’lon qilgan. 

Federal tergov byurosi saylov uchastkalarida terrorchilik hujumlari xavfi yuqoriligi sababli idora nomidan masofadan turib ovoz berishga chaqirilganini rad etgan. Shuningdek, internetda saylov uchastkalarida qonun buzilishiga oid FQB logotipi tushirilgan video e’lon qilingan. 

“Bu video hozirgi tahdid yoki saylov uchastkalaridagi xavfsizlik holatini to‘g‘ri aks ettirmaydi”, deyiladi FQB bayonotida.

Idora unga tegishli ekani aytilgan boshqa videoni ham rad etib chiqdi. Unga ko‘ra, yozuvda Arizona, Jorjiya va Pensilvaniya shtatlaridagi beshta qamoqxona rasmiylari siyosiy partiya bilan mahbuslarning ovozlarini soxtalashtirish maqsadida til biriktirganliklari haqida agentlik soxta press-relizi mavjud.

“FQB faoliyati va tahdidlarni baholash to‘g‘risida yolg‘on kontent orqali jamoatchilikni aldashga urinishlar bizning demokratik jarayonimizga va saylov tizimiga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishdir”, deya ta’kidladi idora.

Ma’lumot uchun, AQSHda mamlakatning 47-prezidenti saylanmoqda. Respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamola Harris davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni prezidentlik saylovlari boshlangandi. Toshkent vaqti bilan soat 10:15 da e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, saylovlarda demokrat Kamola Harris respublikachi Donald Trampga yetib olyapti.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jorjiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing