AQSHda prezidentlik saylovlari boshlandi
Olam
−
05 noyabr
5475AQSHda bugun, 5 noyabr kuni prezidentlik saylovlari boshlandi va unda birinchi bo‘lib Nyu-Gempshir shtatining Diksvill-Notch qishlog‘i aholisi ovoz berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, AQSH prezidenti saylovlarida ovoz berish Diksvill-Notch qishlog‘ida 5 noyabrga o‘tar kechasi tunda, mahalliy vaqt bilan soat 12 dan keyin boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qishloqda 1960 yildan beri shakllangan an’anaga ko‘ra, saylov uchastkasi mamlakatda birinchi bo‘lib ochiladi va natijalar darhol e’lon qilinadi.
Saylov uchastkasi joylashgan “The Balsams” mehmonxonasi vakilining ma’lum qilishicha, qishloqning olti aholisi birinchilardan bo‘lib ovoz bergan. Unga ko‘ra, prezidentlikka har ikki nomzod – respublikachilardan Donald Tramp va demokratlardan Kamola Harris ham 3 tadan ovoz olgan.
Ma’lumot uchun, 1960 yilda Richard Nikson va Jon Kennedi o‘rtasidagi prezidentlik uchun raqobat keskinlashganda, “The Balsams” mehmonxonasi tadbirkorlikni rivojlantirish va e’tibor jalb qilish uchun yarim tunda ovoz berishni tashkil qilgan. Ushbu qaror muvaffaqiyatli bo‘lib, natijalarni eng birinchilardan olish imkonini yaratgan. Shundan beri, Diksvill-Notch ilk natijalarni kuzatish mumkin bo‘lgan joy sifatida mashhur bo‘lib, an’ana yanada mustahkamlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Harris davlat rahbari lavozimi saylovi uchun pochta orqali oldindan ovoz bergan edi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidentligi uchun saylovlar boshlanishidan oldin 78 million mamlakat fuqarosi oldindan ovoz bergan. Ular buni to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkasiga borish yoki pochta orqali ovoz berish bilan amalga oshirgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr