Pardoz qilmasam, murdaga o‘xshab qolaman – Tramp (video)

Olam

−

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp pardoz qilmasa, murdaga o‘xshab qolishini aytdi. Bu haqda u kecha, 16 oktyabr kuni Jorjiya shtatidagi Dalton shahrida respublikachi nomzodlarni qo‘llabquvvatlash uchun o‘tkazilgan saylovoldi mitingida gapirdi.

Miting davomida AQSH Prezidenti demokratik senator Jon Ossoffning pardoz uchun sarflayotgan xarajatlarini tanqid qilgan. Trampning aytishicha, Ossoff pardoz xizmatlariga katta mablag‘ sarflaydi va uning yonida doim vizajist bo‘ladi.

“U bu ishga bor kuchini sarflaydi. Uning vizajisti bor, ular doim birga. Qanday qilib bunday qilishini bilmayman, lekin u bunga juda ko‘p pul sarflaydi”, degan Tramp.

Shuningdek, Prezident Ossoff AQSH Senati tarixidagi boshqa erkak va ayol senatorlarning barchasidan ko‘proq pulni pardozga sarflaganini da’vo qilgan. Tramp o‘zining pardoz qilish odati haqida ham gapirgan.

“Men biroz pardoz qilaman va buni o‘zim amalga oshiraman. Chunki ozgina pardoz qilmasam, murdaga o‘xshab qolaman. Men esa bunday ko‘rinishni istamayman”, degan AQSH Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi pardoz qilish, cho‘milish, ovqat tayyorlash va boshqa uy yumushlariga kuniga kamida uch soat sarflashini, shu sababli erkaklarga qaraganda 3–4 soat ko‘proq band bo‘lishi mumkinligini aytgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing