Jorjina Ronalduning Saudiya klubiga o‘tishiga qarshilik qilmagan

Sport

image

“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi bo‘lgan model Jorjina Rodriges turmush o‘rtog‘ining “Manchester Yunayted”dan Saudiya Arabistoni jamoasiga o‘tish istagiga qarshilik ko‘rsatmagan. Bu haqda Jorjina “Marca”ga bergan intervyusida aytdi.

“Krishtianu menga “Al-Nasr”da o‘ynashini aytganida, men juda xotirjam bo‘ldim. Chunki men Manchesterdan ketishni juda xohlardim”, deydi Rodriges.

2023 yilning yanvaridan buyon portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 70 ta uchrashuvda qatnashib, 63 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Ronaldu ajrashsa, Jorjinaga oyiga qancha to‘lashi kerakligi ochiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Jorjina Rodriges Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made