Jorje Jezush “Paxtakor”ni yutmasa, ishdan ketishi mumkin
Sport
−
06 mart
6431“Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush “Paxtakor”ga qarshi javob o‘yinida g‘alaba qozonmasa, ishdan olinishi mumkin. Bu xaqda “Ar-Riyod” gazetasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Xilol” klubi prezidenti Fahd bin Nafil “Paxtakor”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, bosh murabbiy Jorje Jezush bilan uchrashuv o‘tkazib, jamoaning joriy mavsumdagi ko‘ngilsiz natijalarini ko‘rib chiqqani va yakunda portugaliyalik murabbiy hozircha jamoa bilan ishlashda davom etishi haqida xulosa qilgani e’lon qilindi.
Shuningdek, murabbiy oldiga ikkinchi o‘yinda “Paxtakor” mag‘lub etilib, “Al-Xilol”ni chorak finalga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Agar bu ish ham uddalanmasa, bosh murabbiyga iste’fo berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri nimchorak finali ilk o‘yini doirasida “Paxtakor” Toshkentda “Al-Hilol”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 11 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

