Jorj Bushga suiqasd tayyorlagan shaxs ushlandi 

Olam

image

AQSH Federal qidiruv byurosi mamlakatning sobiq Prezidenti kichik Jorj Bushga tayyorlangan suiqasdning oldini oldi. AQSH rasmiylari WhatsApp’da suiqasd tashkilotchisi deb taxmin qilingan shaxsning yozishmalarini kuzatgan. Bu haqda “Forbes” xabar bergan.  

Nashr tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, suiqasdni Ogayo shtatida yashovchi iroqlik, katta ehtimol bilan ISHID terrorchilik guruhiga aloqador bo‘lgan shaxs rejalashtirgan. Qayd etilishicha, u AQSHga 2020 yilda kelgan. 

Nashr uning ismini sir tutgan. U hozir hibsga olingan yoki olinmagani haqida ma’lumot yo‘q, hozircha unga nisbatan rasmiy ayblovlar qo‘yilmagan. 

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi suiqasd uyushtirishni 2021 yildan beri rejalashtirgan. Buning uchun u Dallasga (Texas) Bushning uyini videoga olish uchun borgan, shuningdek, sobiq Prezidentga suiqasd uyushtirishda ishtirok etish uchun vatandoshlarini AQSHga olib kelishga harakat qilgan. 

Nashrning yozishicha, Federal qidiruv byurosi ishonchli ma’lumot beruvchilar orqali, shuningdek, WhatsApp ilovasida gumonlanuvchining yozishmalarini kuzatish natijasida bo‘lajak suiqasd haqida ma’lumot olgan. 

Gumonlanuvchi Bushga suiqasd tayyorlaganiga iqror bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, u Bushni 2003 yilda AQSH harbiy bosqinidan keyin ko‘p sonli iroqliklarning o‘ldirilishi va mamlakatning bo‘linishi uchun javobgar deb hisoblaydi. 

“Gumonlanuvchi WhatsApp’dagi akkaunti xavfsiz ekanligiga ishonchi komil bo‘lib, tergovchilar uning maxfiy manbalarga yuborgan har bir xabarini ko‘rib turishini bilmagan”, deb yozadi gazeta.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Bush

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing