Jorj Bush Ukrainani Iroq bilan adashtirib yubordi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti kichik Jorj Bush Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish chog‘ida Iroqqa “asossiz va shafqatsiz” ravishda bostirib kirilgani haqida gapirdi.  

“Oqibatda (Rossiyadagi vaziyat) hech qanday muvozanat yo‘q va bu bir kishining Iroqqa, ya’ni Ukrainaga mutlaqo asossiz va shafqatsiz bosqinni boshlash haqidagi qaroridir”, degan Bush. 

Bush institutidagi tadbirga yig‘ilgan tomoshabinlar sobiq Prezidentning xatosini kulgi bilan qarshi olgan, keyin esa u o‘z yoshiga to‘xtalib o‘tgan. 

“Yetmish besh (yosh)”, deb qo‘shimcha qilgan Bush va bu ham tomoshabinlarni kuldirgan. 

Qo‘shma Shtatlar va Iroqqa qarshi “Shock and Awe” qo‘shma kuchlarining harbiy operatsiyasi 2003 yil 20 martda boshlangan. Hujum Saddam Husayn rejimining xalqaro terrorizm bilan bog‘liqligi, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasining Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari zaxiralari mavjudligi haqidagi ma’lumotlari sabab bo‘lgan. Keyinchalik bu tasdiqlanmagan. Operatsiya BMT ruxsatisiz amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Bush

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing