Joriy yilda deyarli 8 mlrd byudjet mablag‘i “rastrata” qilingan – Bosh prokuratura
Jamiyat
−
20 Oktabr 2020
5615Joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 8 mlrd so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Prokuror tekshiruvlari ayrim vazirliklar, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa byudjet muassasalari tomonidan bu boradagi qonun hujjatlari to‘liq bajarilmasdan, ish haqi to‘lovlarini maqsadsiz sarflash, talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatgan.
Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 46 ta holatda 7,7 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi, nafaqa va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan bo‘lib, bu asosan, Xalq ta’limi vazirligi (2,8 mlrd.), Sog‘liqni saqlash vazirligi (2,6 mlrd.), Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (177 mln.), boshqa byudjet muassasalari (1,5 mlrd.), shuningdek boshqa tashkilot va korxonalar (448 mln.) so‘m hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bunan tashqari, prokuratura organlari tomonidan ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirlarda, qonunga zid bo‘lgan 108 ta huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qonunga muvofiqlashtirish bo‘yicha protestlar keltirilgan, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga 74 ta taqdimnomalar kiritilgan, 451 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 46 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 672 mln. so‘mlik yetkazilgan zararlar ixtiyoriy qoplangan, sudlarga qiymati 9,5 mlrd. so‘mlik 1013 ta da’vo arizalari kiritilgan va 5,2 mlrd. so‘m undirilgan.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 3 989 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari amalda tiklangan.
Shuningdek, tekshirishlar davomida korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish holatlari aniqlanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj 26 445 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bergan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyi uchun 3 344 749 mln. so‘m pensiya, 3 250 532 mln. so‘m ish haqi, 438 276 mln. so‘m nafaqa jami 7 033 556 mln. so‘m ijtimoiy to‘lovlar to‘lab berilgan.
Qayd etilishcha, ijtimoiy qonunchilik ijrosi prokuratura organlarining doimiy nazoratida.
LiveBarchasi