“Rossiya agressiyasi”. Erdo‘g‘an Jonson bilan Rossiya uchun kutilmagan suhbat qurdi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbatda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda bugun, 21 iyun kuni Britaniya hukumati rahbarining Erdo‘g‘an bilan suhbati yakunlari bo‘yicha tarqatgan xabarida aytiladi. 

“Keyingi haftada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida Bosh vazir Britaniya Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi va Prezident Erdo‘g‘an bilan barcha tomonlar oldinga yo‘l topish uchun birgalikda harakat qilishda davom etishi kerakligi haqida kelishib oldi”, deyiladi bayonotda. 

Turkiyaning rasmiy “Anadolu” axborot agentligi esa Erdo‘g‘an va Jonson o‘rtasidagi suhbatni yoritarkan, unda asosiy e’tibor Rossiya va Ukraina mojarosiga, ayniqsa, Ukrainadagi bug‘doyni xavfsiz olib chiqib ketishga qaratilganini yozadi. Xabarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv “Rossiya agressiyasi” deya izohlangan. 

“Uchrashuvda Turkiya-Angliya munosabatlari va Rossiya-Ukraina urushi, ayniqsa mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik kabi mintaqaviy mavzular muhokama qilindi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Ukrainadagi g‘allaning o‘lkadan xavfsiz olib chiqilishi uchun yechim topilishi kerakligini bildirdi. 

Davlat rahbarlari Rossiya agressiyasini to‘xtatish va Ukraina suverenitetini tiklash muhimligi haqida kelishib oldilar. 

Prezident Erdo‘g‘an va Jonson, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga qattiq ta’sir qilgan Ukrainaning don eksportiga qo‘yilgan blokadani zudlik bilan olib tashlashi haqida muzokara o‘tkazdi.

Boris Jonson Turkiyaning bu boradagi yetakchiligi va Qoradengiz savdo yo‘llarini ochiq tutish qarorini olqishlaganini bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi.

15 may kuni Finlyandiya ham, Shvetsiya ham NATOga a’zo bo‘lishga qaror qilganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Boris Jonson

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing