Jonson FIFA'dan futbolchilarini tahqirlagan irqchilarni jazolashni talab qildi

Sport

image

Kecha, 2 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson 2022 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘rin olgan Vengriya va Angliya o‘yinida yuzaga kelgan irqchilik holatlari haqida fikr bildirdi. 

“Vengriyada angliyalik futbolchilarning irqchilik zo‘ravonligiga duchor bo‘lishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Men FIFA’ni sharmandali xatti-harakatlarni futboldan abadiy yo‘q qilish uchun aybdorlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga chaqiraman”, deya yozgan Jonson o‘z Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Vengriyaga qarshi uchrashuvda Anliya terma jamoasi futbolchilari “Pushkash arena”ga yig‘ilgan tomoshabinlar Rahim Sterling va Jyud Belingxemga nisbatan irqchilik harakatlarini sodir etdi.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi ilk golni 55-daqiqada Rahim Sterling mualliflik qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Boris Jonson FIFA Rahim Sterling Buyuk Britaniya Bosh vaziri J'yud Belingxem Venriya

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing