Jonson DXRda o‘limga hukm qilingan ikki britaniyalikni qaytarishni buyurdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaning britaniyalik harbiy asirlar Shon Pinner va Eyden Aslinni o‘ldirish bilan tahdid qilganidan g‘azablandi va vazirlarga ularni ozod qilish uchun “qo‘ldan kelgan barcha ish”ni qilishni buyurdi. Bu haqda “The Guardian” nashri Bosh vazir matbuot kotibiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Boris Jonson voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va barcha xodimlaridan Aslin hamda Pinnerni imkon qadar tezroq oilalari bilan birlashtirish uchun qo‘llaridan kelganini qilishni so‘rayapti.

“Biz bu odamlarga nisbatan soxta o‘lim hukmini butunlay rad etamiz. Ularning huquqlari bunchalik buzilishini oqlab bo‘lmaydi”, deydi Bosh vazir matbuot kotibi.

Jonson vakilining ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya ushbu vaziyat bo‘yicha Rossiya bilan emas, balki Ukraina bilan muzokaralar olib borishni prinsipial masala deb biladi. Britaniya hukumati Rossiya bilan harbiy asirlarni ozod qilish masalasini muhokama qila olmaydi, chunki ularda ruslar bilan muntazam aloqalar yo‘q.

Matbuot kotibiga ko‘ra, britaniyalik harbiy asirlar Ukraina Qurolli kuchlari a’zolari sifatida Jeneva konvensiyasi bilan himoyalangan.

Eslatib o‘tamiz, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi Oliy sudi Ukraina qurolli guruhlari tarkibida yollanma harbiy harakatlarda qatnashganlikda ayblanayotgan Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek marokashlik Saadun Brahimni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.

12 aprel kuni 2018 yildan beri Ukrainada yashab kelayotgan va Ukraina Qurolli Kuchlari dengiz piyodalari korpusi safida Mariupolni himoya qilayotgan britaniyalik Eyden Aslin  uyiga qo‘ng‘iroq  qilib, uning bo‘linmasida o‘q-dorilar qolmaganini va ular taslim bo‘lishga majburlanganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Shon Pinner va Eyden Aslin

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing