Jonson britaniyaliklarga tunnel oxirida yorug‘lik borligini aytdi
Olam
−
06 noyabr 2020
4064Buyuk Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqinini pasaytirish uchun to‘rt haftalik karantin yetarli bo‘ladi. Mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson ishonch bilan shuni ma’lum qilgan.
"Menga berilgan maslahatga ko‘ra, to‘rt haftalik karantin vaziyat yaxshilanishi uchun yetarli. Mamlakatda kiritilgan chora-tadbirlar 2 dekabrda tugaydi. Tunnel oxirida yorug‘lik bor", degan Buyuk Britaniya Hukumati rahbari.
Avvalroq, Angliyada koronavirus tarqalishi tezlashgani sababli 5 noyabrdan 2 dekabrgacha yangi cheklovlar amal qilinishi haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar 1,12 milliondan oshgan. 48 ming 120 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi