Jondor tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni Buxoro viloyatining Jondor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Jamshid Rajabovich Xudoyev bundan buyon Jondor tumani hokimi sifatida faoliyat yuritadi. Shu paytgacha u Jondor tumanidagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi San’atillo Hikmatovga joriy yilning 11 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “hayfsan” berilgandi. Keyinroq, 25 iyul kuni Hikmatov Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan Jondor tumani hokimligidan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Jondor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing