Jon Jons pastlashda davom etmoqda. Uni Ngannu qutqara oladi

Sport

image

Birinchi og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Jon Jons (26-1) vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilar reytingida (pound-four-pound) 4-o‘ringa tushib ketdi.

Shundan so‘ng, Jon Jons nima uchun super og‘ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu (16-3) bilan iloji boricha tezroq jang qilmoqchi ekanligini aytdi.

“Chempionlik uchun kurashishni istayman va menga eng shov-shuvli janglar kerak. Ngannu bilan buni amalga oshirsa bo‘ladi. Agar super og‘ir vazn toifasida undan kattaroq yulduz bo‘lganida, reytingga kirmay turib ham oktagonga ko‘tarilgan bo‘lardim. Ammo hozir Frensis bu vazn toifasining eng katta yulduzi”, deydi Jons.

Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu 22 yanvar kuni UFC 270 turnirida Siril Ganga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, P4P reytingida yarim yengil vazn toifasi chempioni avtraliyalik Aleksandr Volkanovski (23-1) ikkinchi, o‘rta vazn yetakchisi nigeriyalik Israel Adesanya (22-1) uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Kamaru Usman (19-1) esa, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi eng kuchli UFC jangchisi sifatida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usman Volkanovski Joen Jons Ngannu Adesan'ya

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing