Jomboyga yangi soliqboshi tayinlandi
Jamiyat
−
04 avgust 2019
3720Samarqand viloyati Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi. Sheroz E’tiborovich Azamatov tumanning yangi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi.
Bunga qadar Sheroz Azamatov Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Jomboy va Samarqand tumanining to‘rt sektor rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifidan keyin lavozimdan olingandi.
Avvalroq, Jomboy va Samarqand tumanlariga yangi hokim va IIB rahbari tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi