JOKU masofaviy o‘quv tartibiga o‘tkazildi
Jamiyat
−
11 aprel 2021
5829Avvalroq, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 7 nafar talabasida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandik.
Universitet talabalari 2021 yil 12 apreldan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkazildi.
"O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinishi muntazam ravishda saqlanib kelinganiga qaramasdan, ayrim talabalar orasidan yengil shakldagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra va koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatini xabardor qilgan holda, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 aprel sanasidan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkaziladi", deyilgan universitet rasmiy sahifalarida e’lon qilingan JOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing talabalarga murojaatida.
LiveBarchasi