Jokovich Avstraliya hukumatini sudga berdi
Sport
−
20 yanvar 2022
3733Avvalroq, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Avstraliyadagi mojarolardan so‘ng, 500 ming AQSH dollari miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lab beradi.
“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra chempion Avstraliya hukumatini suiiste’mol qilgani uchun sudga bermoqchi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
“Ma’lumki, Novak va uning oilasiga Melburndagi karantin mehmonxonasida yomon munosabatda bo‘lishgan. Onasining aytishicha, mehmonxonada mayda hasharotlar mavjub bo‘lgan va unga haqiqatan ham mahbus sifatida muomala qilishgan”, deydi Jokovichga yaqin manba.
Novak Jokovichning Avstraliyadagi vizasi birinchi marta bekor qilinganidan keyin Melburndagi karantin mehmonxonasida “yomon muomala” uchun javob berishlarini talab qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, da’vo summasi 3,2 million funt sterlingni (4,36 million AQSH dollar) tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, “Australian open” g‘olibligi uchun qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan 2,3 million funt sterling (3,13 million dollar) mukofot puli ham o‘rin olgan.
LiveBarchasi