Jo Baydenni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak ushlandi
Olam
−
27 may 2021
7093AQSHning Nyu-Meksika shtatida politsiya Amerika Prezidenti Jo Baydenni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda KIDK xabar berdi.
Jon Benjamin Tornton Prezidentdan tashqari, mamlakatning boshqa rasmiy shaxslarini o‘ldirishini ham aytgan. U shunday mazmundagi xabarlar yuborgan va Facebook sahifasida postlar qoldirgan. Tornton kvant kompyuterlari ishlab chiqaruvchi D-Wave Systems kompaniyasi xodimlarini ham o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Federal tergov byurosi xabarlar Tornton telefonidan yuborilganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, 2020 yilda u tomonidan shunday bayonotlar bildirilgan, ammo o‘sha vaqtda bunga chora ko‘rilmagan.
“2020 yil 11 noyabrdan beri xavfli va tahdidli xabar olgan bir nechta odam Tornton ustidan shikoyat qilishgan.
Donya-Ana okrugi qamoqxonasi hisobotiga ko‘ra, Tornton garovsiz ushlab turilibdi va uning ishi 28 may kuni federal sud malisida masofadan ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi