Jo Baydenga “Tubsiz Pinokkio” unvoni berildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenga yolg‘on bayonotlari tufayli “Tubsiz Pinokkio” (Bottomless Pinocchio) “unvoni”ni berildi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi yozmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu “unvon” nashr tomonidan tez-tez takrorlanadigan yolg‘on yoki chalg‘ituvchi bayonotlar uchun yaratilgan bo‘lib, uni yolg‘onlarga qarshi tashviqot shakli sifatida tavsiflash mumkin. Gazeta ushbu “mukofot”ni bergan yagona shaxs sobiq Prezident Donald Tramp edi.

Ta’kidlanishicha, Amerika rahbari muntazam ravishda Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan ko‘p vaqt o‘tkazganini da’vo qiladi. Gazetaga ko‘ra, Baydenning Xitoy rahbari bilan shunchalik ko‘p sayohat qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q. Oq uy Prezidentning so‘zlari to‘g‘ri emasligini tan olishiga qaramay, Bayden bu tezisni takrorlashda davom etmoqda.

Gazetaning yozishicha, Jo Bayden Oraliq saylovlarda Demokratik partiya uchun ovozlar yig‘ish uchun saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘plab faktik xatolarga yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, Amerika yetakchisining aksariyat da’volari asossiz deb topilgan.

Masalan, davlat rahbarining u lavozimga kirishgan paytda AQSHda bir gallon benzin besh dollarga tushgani haqidagi bayonotidir. Ko‘plab o‘quvchilar Baydenning sharhidan norozi, chunki Energetika ma’lumotlari ma’muriyatiga ko‘ra, Bayden lavozimga kirishgan haftada gazning o‘rtacha narxi taxminan 2,48 dollarni tashkil etgan.

Prezident o‘zining bayonotlarida nafaqaxo‘rlar so‘nggi o‘n yil ichida eng katta pensiya indekatsiyasiga ega bo‘lganini ta’kidlagan. Ammo, nashr Baydenning so‘zlarini yolg‘on deb atagan. Negaki, 1972 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, itimoiy to‘lovlar har yilgi infilatsiya ko‘rsatkichiga moslashtirilishi kerak. Ya’ni, pul qadrsizlanishi necha foizni tashkil qilgan bo‘lsa, ijtimoiy to‘lovlar xuddi shuncha miqdorda oshiriladi. Bu yil AQSHda infilatsiya juda yuqoriligi inobatga olinadigan bo‘lsa, nafaqa miqdoridagi real o‘sish juda katta bo‘lmaydi. 

Ma’lumot uchun, 80 yoshli Jo Bayden AQSH tarixidagi eng yoshi ulug‘ Prezidentga aylandi. U ko‘plab kulguli vaziyatlarga tushib qolmoqda. Baydenning raqiblari esa uning sog‘ligi bilan muammolari borligini iddao qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Si Tszin'pin Jo Bayden

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing