Jizzaxning Tojikiston bilan chegaradosh qismidagi katta maydonga o‘t ketdi
3-sahifa
−
28 May 2021 9265 1 daqiqa
Joriy yilning 25 may kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumanining Tojikiston bilan chegaradosh “Havotog‘” QFY hududidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 12:05 da xabar kelib tushgan.
Yong‘inni bartaraf etishda 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi, 32 nafar harbiy xizmatchi hamda ko‘ngilli fuqarolar qatnashgan. Birinchi bo‘linma chaqirilgan manzilga soat 12:40 da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 30 km).

Ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 12:58 da o‘rab olingan va 15:00 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida 15 gektar ochiq maydonda quruq o‘t, shox-shabba va daraxtlar yongan. Yong‘in ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilganidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr