Jizzaxlik gulchi ayol O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor bo‘ldi
Jamiyat
−
31 avgust
5685"Mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga ko‘tarishda o‘zining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilg‘or tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targ‘ib qilish, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy masalalarni yechishda alohida faollik ko‘rsatayotgani, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mehnatsevar va shijoatli insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi "Gulchi opa tomorqa xizmati" klasteri rahbari Noriyeva Sharofat Ergashevnaga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni berilsin", deyiladi hujjatda.
2021 yildayoq “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ham ishlab chiqilishi belgilangandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘ida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etilishini aytgandi. Joriy yilning 27 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, Sharofat Noriyeva 2022 yil 8 martda Prezident farmoni bilan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi