Jizzaxga yana sel yopirildi (video)
3-sahifa
−
07 iyun 13150 1 daqiqa
Bugun, 7 iyun kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Davlat mahallasiga yaqin tog‘lardan mahalla hududiga kuchli sel yopirildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:00-17:00 lar oralig‘ida tumanning “Molguzar” tog‘laridan yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar oqibatida hosil bo‘lgan sel suvlari Davlat mahallasi hududidagi sel yo‘llaridan talofatlarsiz oqib o‘tib, Sangzor daryosiga quyilgan.
“Kuzatilgan xodisa oqibatida fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, tomorqalar, ijtimoiy soha ob’ektlari va avtomobil yo‘llariga zarar yetmagan”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha hududlaridagi “sel postlari” bilan aloqa almashinuvi doimiy yo‘lga qo‘yilgan va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda sel juda kuchli kelgani ko‘rinib turibdi. Qolaversa, ko‘plab foydalanuvchilar sel oqibatida chorva mollari ham oqib ketganini iddao qilmoqda. Ammo boshqarma ushbu xabarlarni rasman tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sel kelishi oqibatida avtomobil yo‘lining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qolgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr