Jizzaxga sel keldi
O‘zbekiston
−
13 Fevral 7479 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga sel keldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun 13 fevral kuni soat 08:45 da Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida kuzatilgan yomg‘irlar oqibatida “Ravot” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Nonasangil” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi soyda taxminan 1,0-1,5 m³/s sel oqimlari oqib o‘tgan. Sel oqimlari avtomobil yo‘li ustidan ham oqib o‘tgani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, hozircha hech qanday talafotlar kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumani “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkilari sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr