Jizzaxdagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 13 avgust kuni Jizzax viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat taxminan soat 4:00 da Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida yuz bergan. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining Lacetti rusumli avtomobilida shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi KamAZ-5410 rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

Natijada Lacetti avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Lacetti`dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing