Jizzaxdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashdi. Oqibatda yengil ulov haydovchisi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

YTH kecha, 12 aprel kuni soat 21:30 larda Paxtakor tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 962-kilometrida yuz bergan. “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvidagi Lacetti rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida, Lacetti haydovchisi I.B. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing