Jizzaxdagi YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida Nexia avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat  19:20 da Zomin tumani "Duoba" MFY hududidan o‘tgan "Dashtobod-Zomin-Supa-Baxmal" 4R-40 yo‘lining 63 km da yuz bergan. G‘allaorol tumani "Guliston" MFY Jovqash qishlog‘ida yashagan 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Nexia rusumli avtoulovini Supa yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati Kogon shahri "Navbahor" MFYda istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda, Nexia haydovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Zomin tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing