Jizzaxdagi o‘qituvchilar koronavirusga tekshirildi. 52 nafar pedagogda COVID-19 aniqlandi
Jamiyat
−
13 sentabr 2020 9508 1 daqiqa
Jizzax shahrida 52 nafar o‘qituvchi-pedagogda koronavirus aniqlandi. Bu shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Jizzax shahridagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining COVID-19 bo‘yicha topshirgan test natijalariga ko‘ra 52 nafar pedagog xodimlarida infeksiya aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni damda ular tegishli tartibda davolanmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyatining Payariq va Jomboy tumanlarida 100 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust