Jizzaxdagi shifoxona hovlisida qarovsiz qolib ketgan erkak vafot etdi
3-sahifa
−
12 iyun 2023 18341 1 daqiqa
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shifoxonalardan birining hovlisida bemor erkak og‘ir ahvolda qarovsiz qolib ketgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng erkak shifoxonaga yotqizilgandi. Ammo ushbu erkak vafot etgani ma’lum qilindi.
Dashtobod shahar tibbiyot birlashmasining tuman Ichki ishlar boshqarmasiga bergan xabariga ko‘ra, fuqaro A.U. joriy yilning 9 iyun kuni vafot etgan.
Patologik-anatomik tadqiqotining dastlabki xulosasida fuqaro A.U.ning o‘limiga o‘tkir jigar va yurak qon tomir yetishmovchiligi, jigar serozi kasalligi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zomin tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr