Jizzaxda qarovsiz qolgan erkakka tanqidlardan so‘ng e’tibor qaratildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahar shifoxonasi hovlisida og‘ir ahvolda yotgan bemorning videosi tarqaldi. Unda bemor yaralangani, lekin yetarli tibbiy yordam ko‘rsatilmagani bois uning yaralari atrofida chivinlar uchib yurganini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan Zomin tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, videodagi shaxsi noma’lum fuqaroni 2022 yilning noyabr oyida Zomin tumanining Chorvodor qishlog‘idan ko‘chada sovuqda qolib ketgani uchun tez tibbiy yordam mashinasida Zomin markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Kerakli davo muolajalar qilingan. Bemor o‘ziga kelgach uni shaxsini aniqlash imkoniyati bo‘lmagach, tuman tibbiyot birlashmasi bemor shaxsini aniqlash va qarindoshlariga xabar berishda amaliy yordam so‘rab tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, prokuraturasiga murojaat qilgan.

Natijada bemorning qarindoshlari tashlab ketgani, shu vaqtgacha u tumandagi bir fermer xo‘jaligi raisining uyida ishlab kelgani aniqlangan.

Bemor qariyb yetti oy tuman markaziy shifoxonasida yotib davolangan.

Qayd etilishicha, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyatining tegishli tashkilotlarga bemorning qarindoshlarini topish yoki muruvvat uylariga joylashtirish bo‘yicha takroriy murojaatlaridan so‘ng, o‘z uyida ishlatgan fermer xo‘jaligi raisi bemorni uyiga olib ketgan. Ammo, xo‘jalik raisi bir-ikki kun o‘tib, videodagi shaxsni Dashtoboddagi shifoxonaga tashlab ketgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor shifoxonaga joylashtirilgan. Ammo, bemorning xonadoshlari ushbu bemor bilan bir xonada yotmasliklarini, ushbu bemorning alohida xonaga o‘tkizishni talab qilgan.

Shunda bemor alohida xona tayyorlanishiga qadar shifoxona hovlisiga vaqtincha joylashtiriladi.

“Bemor hozir alohida xonaga joylashtirilgan va kerakli davo muolajalarni olmoqda. Ma’lumot uchun, qarovchisi yo‘q shaxslar muruvvat uylariga joylashtiriladi va o‘sha yerda davolanadi. Ayni paytda tegishli tashkilotlar bilan birga bemor davolanib bo‘lgach muruvvat uylariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing