Jizzaxdagi kanaldan chaqaloq jasadi topildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan chaqaloq jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 21 iyun kuni Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotida chaqaloq o‘lik holatda tug‘ilganligi keltirilgan. 

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jasad chaqaloq Jizzax kanal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing