Jizzaxdagi choyxonada yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
17 may
16112Bugun, 17 may kuni Jizzax shahridagi bozor hududida joylashgan choyxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahar “Xalqobod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan.
Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 may kuni Namangan viloyatidagi “Mavlono” qabristoni yoqib yuborilgandi. Yong‘in oqibatida qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.
LiveBarchasi