Jizzaxda zilzila yuz berdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2024 29491 1 daqiqa
Jizzax viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 09:03 da (Grinvich bo‘yicha 04:03 da) zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi epimarkazi Jizzax viloyati, Forish tumani.
Zilzila koordinatalari 40,57 gradus shimoliy kenglik, 66,91 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 209 km janubiy-g‘arbda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel