Jizzaxda zaharlangan bolalarning 6 nafari shifoxonada qolmoqda
3-sahifa
−
10 Oktabr 1734 1 daqiqa
Avvalroq, Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan 4 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 37 bola ommaviy ravishda ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Ayni damda ularning 6 nafari shifoxonada qolmoqda. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hududdagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan murojaat qilgan 37 nafar tarbiyalanuvchilarga ambulator yordam berilgan. Hozirda 6 nafar bolaga shifoxonada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Holat Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan tez orada batafsil ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bolalar tana harorati ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketishi va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilib kelgan bolalar 8 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim muassasalarida biokefir, pishloq va sariyog‘ kabi mahsulotlar iste’mol qilgani aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yilib, statsionar ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi