Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 16 noyabr kuni Jizzax shahrida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa taxminan soat 10:45 da shaharning “Qassoblik” MFY Sharof Rashidov shox ko‘chasida yuz bergan. Harakatlanib ketayotgan HOWO rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib tushishga ulgurgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan bo‘lib, tan jarohati olganlar yo‘q. Yuk avtomobilining salon va dvigatel qismlari yong‘indan zararlangan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax YHXBB transport vositasi

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing