Kurs UZS

USD

12 929.37

-17.7

EUR

13 963.72

-69.61

RUB

152.87

-2.14

Jizzaxda yuk mashinasi, mikroavtobus va Lacetti to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Jizzax shahrida yuk mashinasi Lacetti va yo‘lovchi mikroavtobus bilan to‘qnashishi oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etdi, yana 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 18 mart kuni shaharning Nurliobod mahallasidan o‘tgan A376 xalqaro avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga burilmoqchi bo‘lgan Lacetti va qarama-qarshi tomonda kelayotgan yo‘lovchi mikroavtobus bilan to‘qnashgan.

Oqibatda 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 15 nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan yana 2 nafar fuqaro shifoxonada vafot etgan.

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, kelgusida bunday YTHlarning oldini olish uchun yuk mashinasi haydovchisi ishlaydigan kompaniyada 120 nafar yuk mashinasi haydovchisi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Yuk mashinasi agar o‘ng tomondan harakatlanganida, 5.8.7 yo‘l belgisiga amal qilganida bu holat bo‘lmasdi”, deydi YHXB vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Matiz haydovchisi uxlab qolib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Oqibatda Matiz haydovchisi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax mikroavtobus Qurbon yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing