Jizzaxda yuk avtomobillari to‘qnashdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Jizzaxda ikki yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Natijada bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 3 sentyabr kuni soat 18:30 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan o‘tuvchi 4R38 “Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy” avtomobil yo‘lining 31-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan E.H.  Foton rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvidagi “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, Foton rusumli yuk avtomobili yo‘lovchisi, 33 yoshli J.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yo‘lovchisi 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing